Iqtisodiyot fakulteti talabalari amaliy sayohatda

14-Oktabr 2025, 10:29
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Turizm va marketing kafedrasi tomonidan Dual ta’lim dasturi doirasida talabalarning amaliy sayohati tashkil etildi. “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishida tahsil olayotgan 1- va 2-kurs talabalar Hisor davlat qo‘riqxonasidagi Suvtushar sharsharasi hamda Buxoro viloyatining tarixiy maskanlariga tashrif buyurishdi. Kafeda o'qituvchilari Farrux Salomov va Bobir Ro‘ziyev rahbarligidagi mazkur safar davomida talabalar o‘z yo‘nalishlariga oid amaliy tajriba orttirib, tabiiy va madaniy turizm ob’ektlari bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat talabalarda ekologik madaniyatni, turizm sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.