
“G‘oyadan mahsulotgacha” — IT-Startuplar bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Matematika va kompyuter ilmlari fakultetining Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi hamda Inkubatsiya markazi hamkorligida “G‘oyadan mahsulotgacha” nomli IT-Startup loyihalar bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi. Tadbirda IT sohasining ilg‘or mutaxassislari — startupchi, Startup Garage Qashqadaryo hududiy menejeri Jasurbek Suyunov hamda Qarshi Yoshlar texnoparki Strategik loyihalarni rivojlantirish va monitoring bo‘limi boshlig‘i Ortiqali Sobirov ishtirok etib, talabalar bilan o‘z tajriba va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Seminar erkin muloqot tarzida o‘tib, unda talabalarning g‘oyalari, savol-javoblar va fikr almashuvlar faol kechdi. Trenerlar ishtirokchilarga innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, ularni real Startup loyihalar shakliga keltirish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.