
QarDU professor-o‘qituvchilari Gruziyada tajriba almashmoqda
Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani G‘.Nabiev, Turizm va marketing kafedrasi mudiri Sh.Muxitdinov, kafedra dotsenti J.Halimov, Iqtisodiyot kafedrasi professori G.Erkaeva hamda doktorant D.Suyunova Gruziyaning Telavi davlat universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqdalar. Stajirovkaning dastlabki kunida ular Telavi davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Tamar Aslanishvili bilan uchrashib, stajirovka dasturining maqsadi hamda tashkiliy-uslubiy jihatlari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar. Keyingi kuni QarDU delegatsiyasi Telavi davlat universiteti rektori Shalva Chkadua bilan uchrashdi. U Qarshi davlat universiteti bilan ilmiy va akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashdan mamnunligini bildirib, turizm sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish borasida hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. Hozirda ilmiy stajirovka samarali davom etmoqda.