15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni

21-Noyabr 2025, 12:08
Universitet yangiliklari

Har yili bir qancha mamlakatlarda muhim ekologik sana — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni nishonlanadi. Bundan maqsad jamiyat va davlat e'tiborini atrof-muhitning ifloslanishi hamda cheklangan resurslar muammosiga qaratishdir. Barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham maishiy chiqindilar va chiqindixonalarni kamaytirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Qayta ishlash bu muammoni hal qilishga yordam beradi, chunki bu orqali chiqindilarning katta qismidan foyda bilan xalos bo'lish, shuningdek, resurslarni tejash mumkin. Sana munosabati bilan Geografiya va agronomiya fakultetida chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha seminar dars o‘tkazildi. Tadbir Agrokimyo va ekologiya kafedrasi dotsenti N.Bozorova hamda Ekologiya yo‘nalishi magistrantlari tomonidan olib borildi. Seminar davomida chiqindilarni qayta ishlash borasidagi amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi, savol-javoblar tashkil etildi. Faol qatnashgan talabalarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.