Harbiy psixolog bo‘lish uchun qayerda o‘qish kerak? 

2-Fevral 2024, 10:29
Universitet yangiliklari

O''zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentyabrdagi PQ-371-sonli Qaroriga asosan 2023/2024-o''quv yilidan boshlab O''zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida kuch tuzilmalari uchun ”Psixologiya (harbiy psixolog)” ta''lim yo''nalishi bo''yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo''lga qo''yildi.

Mavzu doirasida joriy yilning 1-fevral kuni Pedagogika fakultetida tadbir o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma''naviy-ma''rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Janubiy-g’arbiy maxsus harbiy okrug harbiy psixologi, kapitan A.Qulsaxatov, Okrug sotsiologi D.Jo’rayev, Toifalangan ob''ektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligi harbiy psixologi, mayor K.Murodov ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zlaganlar tomonidan ”Psixologiya (harbiy psixolog)” ta''lim yo''nalishiga qabul oliy ta''lim muassasalarining Psixologiya ta''lim yo''nalishi 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o''qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt bo''yicha harbiy xizmatni o''tash istagini bildirgan, sog''lig''ining holatiga ko''ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo''lgan talabalar orasidan tanlov asosida amalga oshirilishi, 2 (ikki) yillik dastur asosida o''qitilishi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi berilishi hamda kursantlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuncha berildi. Tadbir yakunida harbiy psixologlar faoliyatiga oid videolavha namoyish etilib, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.