
Kiberjinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari
Qarshi davlat universiteti 9-sonli talabalar turar joyida “Kiberjinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i N.Pardaqulov, Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo’limi mutaxassisi, kapitan S.Muhammadiyev, Pedagogika fakulteti dekan o’rinbosari S.Yuldoshev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va pedagog-tarbiyachilar ishtirok etdi. Tadbirda bugungi globallashuv davrida yoshlar ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir etuvchi turli mafkuraviy nayranglar, axborot xurujlaridan saqlanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlardan saqlanish, ogohlik va hushyorlikni yo‘qotmaslik, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish har bir insonning eng muhim burchi, kundalik vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Mavzu doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.