Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

3-Mart 2025, 11:57
Universitet yangiliklari

Xorijiy tillar fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bian” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi tadbir ma’ruzalarida aks etdi. Shuningdek, giyohvandlik va unga ruju qo‘yishning salbiy oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.