Talaba-qizlar bo‘sh vaqtida nima bilan mashg‘ul?

3-Mart 2025, 12:01
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida yoshlar, xususan, talaba-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, turli kasb va hunarlarga oid bilim va ko‘nikmalarini boyitish hamda oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etilmoqda. 7-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori S.Djumayeva, tarbiyachi-pedagog D.Chorshanbiyeva tomonidan “Milliy taomlarimiz - milliy qadriyatlarimiz” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Pedagogika fakulteti talaba-qizlarining pazandalik borasida mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.