Xalq dostonlari va baxshichilik maktablari

3-Mart 2025, 12:04
Universitet yangiliklari

Filologiya fakultetda Sherobod dostonchilik maktabining davomchisi, Oʻzbekiston xalq baxshisi, “Do'stlik” ordeni sohibi Qahhor baxshi Rahimov bilan “Xalq dostonlari va baxshichilik maktablari” mavzusida navbardagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Tadbir mehmoni milliy an’ana, milliy qadriyat va milliy libos – xalqning uzoq asrlar davomida shakllangan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan urf-odatlari, qadriyatlari va turmush tarzini yoshlar ongiga singdirish, an’analar millatning ma’naviy boyligini ifodalash, xalqning tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayotining ajralmas qismi bo‘lib, millatning o‘ziga xosligini, tili, dini, san’ati va axloqiy meyorlarini o‘z ichiga oluvchi boy merosi haqida toʻxtalib, “Alpomish”, “Kuntugmish”, “Ravshanxon” dostonlaridan termalar ijro etdi.  Talabalarda shoʻxchanlik uygʻotish maqsadida “badihagoylik” qilib, ularning olqishiga sazovor boʻldi. Mahorat darsini O`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.f.d., Sh.Akramov boshqarib bordi.