
Balli qizlar tanlovi — iqtidorlar maydoni
7-Mart 2025, 10:52
Universitet yangiliklari
Kimyo-biologiya fakultetida "Ayol borki, olam munavvar" shiori ostida "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov tanishuv, intellektual savol-javob, ijodiy mahorat va pazandalik namoyishi kabi qiziqarli shartlar asosida olib borildi. Hakamlar hay’atining yakuniy baholariga ko‘ra, Boychechak jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ko`klam malikalari jamoasi ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Xonatlas hamda Qaldirgoch jamoalari 3-4-o‘rinlarni o‘zaro bo‘lishib olishdi. G‘olib va sovrindor jamoalar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.