Ayolga ehtirom ko‘rsatish olijanob qadriyatdir

7-Mart 2025, 10:55
Universitet yangiliklari

Yer yuzida so‘z va soz san’ati, shoiru hofiz, rassom va haykaltarosh paydo bo‘libdiki, ona va ayol zoti yuksak pardalarda tarannum etib kelinadi. Go‘zallik timsoli bo‘lgan ayollarimizni mehribon ona, munis singil, sadoqatli yor sifatida doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaymiz.  Xalqimiz qalbidan mustahkam joy olgan bu olijanob fazilatlar mustaqillik yillarida yangi mazmun-mohiyat bilan boyib, yanada yuksak bosqichga ko‘tarildi. Sport hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakultetlarida “Ayolga ehtirom - millatga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Onalarni madh etuvchi she’rlar, go‘zal raqslar tadbirlarga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.