“Montessori trenerlarini tayyorlash” kursining 8-mavsumi yakunlandi

11-Avgust 2025, 07:47
Universitet yangiliklari

Montessori ta’lim tizimi – bu bolalarning mustaqil fikrlashi, amaliy faoliyat orqali o‘rganishi va rivojlanishini ta’minlovchi ilg‘or yondashuvdir. Bu tizimda tarbiyaviy mashg‘ulotlar bolalarning qiziqishlari va ehtiyojlariga mos tarzda, zarur vositalardan foydalangan holda tashkil etiladi. Qarshi davlat universitetining Maktabgacha ta’lim va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun Janubiy Koreyaning “KOICA” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Montessori trenerlarini tayyorlash” o‘quv kursining 8 mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. 29-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy tadbirda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.