Qarshi davlat universitetining 9 nafar talabasi 2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi.
Jumladan: Geografiya va agronomiya fakulteti Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Umarova Sadoqat Sodiq qizi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, Geografiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Jo‘rayeva Zebo Xolmirza qizi – Bobur nomli davlat stipendiyasiga, Iqtisodiyot fakulteti Turizm (faoliyat yo‘nalishlari) yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Nasretdinova Aziza Adxamjonovna va Bozorova Jasmina Yusuf qizi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ismoilova Gulrux Arslon qizi – Navoiy nomli davlat stipendiyasiga, Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabalari O‘ngboyev Ramazon Mahmadali o‘g‘li va Qahhorova Zarinabonu Abdurasul qizi – Navoiy nomli davlat stipendiyasiga, Kimyo-biologiya fakulteti Biologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Bozorova Husnora Utkir qizi – Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasiga hamda Pedagogika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Usmonov Avazbek Samandar o‘g‘li – Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga loyiq ko'rildi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz!