
“Akademik harakatchanlik” dasturi g‘oliblari e’lon qilindi
11-Avgust 2025, 07:48
Universitet yangiliklari
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2025-yil 7-maydan 30-iyunga qadar o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, 23 nafar iqtidorli yoshlarning ilmiy loyihalari g‘olib deb topildi. Ular orasida Qarshi davlat universiteti Nazariy va eksperimental fizika kafedrasi doktoranti Abduraximov Javohir Tohir o‘g‘li ham bor. U 65 mln so‘mlik grant yutib olib, o‘z loyihasini Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida oktabr–dekabr oylarida davom ettiradi. Mazkur dastur yosh olimlarga O‘zbekiston hududidagi ilg‘or ilmiy muassasalarda tadqiqot olib borish, tajriba almashish va ilmiy faoliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Endilikda tanlov yil davomida doimiy o‘tkazilishi belgilangan.