Xushxabarlar davom etadi
16-Fevral 2026, 05:07
Universitet yangiliklari
Sportning kurash turi bo‘yicha Navoiy viloyatida oʻtkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasining 3-kuni ham tajribali murabbiy Dilshod Soatov shogirdlari uchun omadli boʻldi. Gap shundaki, +120 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda talabamiz Akmal Gulmurodov barcha raqiblarini magʻlub etib, shohsupaning yuqori choʻqqisidan joy oldi. Qarshi davlat universiteti terma jamoasiga navbatdagi oltin medal muborak boʻlsin.