Ilm-fanda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanishda olimalarning o‘rni
Qarshi davlat texnika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat “Olima” uyushmasi, viloyat “Ixtirochi ayollar” uyushmasi hamda viloyat “Oqila ayollar” harakati hamkorligida “Ilm-fanda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanishda olimalarning o‘rni” mavzusida forum va ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbir doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari olimalari hamda iqtidorli talaba-qizlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari namoyish etilgan ko‘rgazma tashkil qilindi. Shuningdek, hunarmandchilik buyumlari ham keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Forumda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdilar. Tadbir davomida “Olima ayollarning ta’lim va fandagi yutuqlari” mavzusida ilmiy seminar ham o‘tkazilib, unda doktorantlar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchi xotin-qizlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Mazkur forumda Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talaba-qizlari ham qatnashdi. Ko‘rgazma jarayonida Geografiya va agronomiya fakulteti talabalari Mashhura Mahmaraimova, Sunbula G‘aniyeva, Sabina Qodirova va Kimyo-biologiya fakulteti magistranti Shahrizoda Shamsiddinova faol ishtirok etib, o‘z startap loyihalarini taqdim etdilar.