“Yashil makon” loyihasi doirasida navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi

7-Mart 2026

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti faol a’zolari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qarshi shahridagi "Muruvvat" bolalar internat uyiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida internat hududiga 20 tup manzarali daraxt ko‘chati ekildi. Mazkur tadbir hududni obodonlashtirish hamda bolalar uchun yanada yashil va musaffo muhit yaratishga qaratildi. Shuningdek, yoshlar tarbiyalanuvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.