
Fakultetlarda tanishuv muloqotlari
Qarshi davlat universitetining barcha fakultetlarida birinchi bosqich talabalari va oliygoh rahbariyati o‘rtasida tanishuv uchrashuvlari davom etmoqda. Fizika va Filologiya fakultetlarida bo‘lib o‘tgan muloqotlarda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Ahmedov ishtirok etdi. Uchrashuvlarda talabalarga ichki intizom qoidalari, odob-axloq kodeksi va ta’lim jarayonining mohiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, kiberjinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlikning zararli oqibatlari, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitet, ogohlik, hushyorlik va vatanparvarlik masalalari alohida ta’kidlandi. Asosiy e’tibor talabalarning universitet muhitiga tez moslashuvi, huquq va burchlarini anglash hamda ta’lim jarayonida faol bo‘lishiga qaratildi.