
Talaba qizlar bilan ochiq muloqot
Qarshi davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 1-kurs talaba qizlari uchun an’anaviy uchrashuvlar davom etmoqda. Shu doirada Tarix fakulteti 1-bosqich talaba qizlari ishtirokida “Ochiq muloqot” o‘tkazildi.Tadbirda Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig‘i Sh.Karamova, universitet profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva, fakultet dekan maslahatchisi O.Rahmonqulova va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori M.Mahmanova ishtirok etdi. Uchrashuvda universitet ichki intizom qoidalari, odob-axloq kodeksi hamda talabalarning kiyinish, muomala va ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashuvi haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz — hayo, ibo, or-nomus, saranjom-sarishtalik va pazandalik kabi xotin-qizlarga xos fazilatlar ham alohida ta’kidlandi.