"Plogging" aksiyasi o'tkazildi
20-Fevral 2026, 05:05
Universitet yangiliklari
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti faol a’zolari tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda atrof-muhitni muhofaza etish maqsadida “Plogging” loyihasi o‘tkazildi. Loyiha doirasida talabalar universitet atrofi va unga tutash hududlarni tozaladilar. Shuningdek, tadbir davomida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida jamoaviylik, faollik va ekologik mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.