Odob-axloq — qiz bola ziynati
4-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Shohida Karamova qizlarning kiyinish va muomala madaniyati, ilm-fandagi yutuqlari hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Bugungi kun talaba-qizi nafaqat bilimli mutaxassis, balki yuksak odob-axloq egasi ham bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Samimiy ruhda kechgan muloqotda talabalar ham o‘z fikrlarini bildirishdi, hayotda o‘z o‘rnini topgan olima ayollar faoliyati ibrat sifatida keltirildi. Shuningdek, badiiy adabiyotga qiziqqan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda boy taassurot qoldirib, qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.