Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot

20-Fevral 2026, 05:10
Universitet yangiliklari

9-sonli talabalar turar joyida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda talaba-yigitlar ishtirok etdi. Suhbat davomida TTJdagi yashash sharoitlari, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, darslarda faollik hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Talabalarning fikr va takliflari tinglanib, ta’lim va dam olish muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.