Kiberjinoyatlarning salbiy oqibatlari va unga qarshi chora-tadbirlar

20-Fevral 2026, 05:14
Universitet yangiliklari

Kimyo-biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida “Kiberjinoyatlarning salbiy oqibatlari va unga qarshi chora-tadbirlar” mavzusida tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Akbar Xidirov hamda universitet profilaktika inspektori, kapitan Mansur Jabbarov ishtirok etdi. Tadbirda globallashuv davrida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar, internet firibgarligi va kiberjinoyatchilikning oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ogohlik va hushyorlikni saqlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, giyohvandlik, ekstremizm va terrorizm kabi illatlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish har bir yoshning muhim vazifasi ekani qayd etildi. Tadbir yakunida talabalarning savollariga javob berildi.