Abdulla Oripov izdoshlari — Iste’dod e’tirofi

19-Mart 2026, 11:47
Universitet yangiliklari

Koson tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Abdulla Oripov izdoshlari” mavzusida o‘tkazilgan onlayn tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Mazkur tanlov beshta nominatsiya asosida o‘tkazilib, unda iqtidorli yoshlar o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Xususan, “Shoir ijodidan eng yaxshi ijro” yo‘nalishida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 025-30-guruh talabasi Zafar Xurramov faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ushbu yutuq talabamizning ijodga bo‘lgan yuksak qiziqishi va salohiyatining yorqin ifodasi bo‘ldi. Zafar Xurramovni ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlarni qo‘lga kiritishini tilaymiz!