Tashkil topgan sanasi: 2023-yil 29-dekabr
Laboratoriyaning ilmiy yo‘nalishi
- Tabiiy va sintetik birikmalarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi hamda biologik faolligini o‘rganish;
- Tabiiy va sintetik polimerlarni sintez qilish va modifikatsiya qilish, yangi polimer hamda nanokompozit materiallar yaratish;
- Tibbiyot, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi uchun dorivor va biologik faol preparatlar ishlab chiqish;
- Biologik faol birikmalarning farmakologik faolligi molekulyar mexanizmlarini tadqiq qilish;
- Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari, kvant-kimyoviy hisoblashlar va molekulyar modellashtirishdan foydalanish;
- Polimer va tabiiy materiallarni olishning ekologik xavfsiz (“yashil kimyo”) texnologiyalarini ishlab chiqish;
- Maxsus fizik, mexanik va elektr xossalarga ega bo‘lgan nanostrukturali materiallar, nanotolalar, nanokompozitlar hamda funksional polimer tizimlarini yaratish.
Laboratoriyaning maqsadi
Laboratoriyaning asosiy maqsadi — tabiiy birikmalar, polimerlar va biologik faol moddalar kimyosi sohasida fundamental hamda amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali yangi materiallar, dorivor preparatlar va ularni ishlab chiqarishning yuqori samarali texnologiyalarini yaratish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasida fan, sanoat, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot rivojiga xizmat qildirishdan iborat.
Laboratoriyaning vazifalari
- Yurak-qon tomir, virusli va onkologik kasalliklar, shuningdek qandli diabet, kamqonlik, asab tizimi, jigar va boshqa hayotiy muhim organlar kasalliklarini davolash uchun tabiiy va sintetik biologik faol birikmalar asosida yangi dorivor preparatlar yaratish, shuningdek amalda qo‘llanilayotgan preparatlarning yangi xususiyatlari va qo‘llanish yo‘nalishlarini aniqlash;
- Mahalliy o‘simlik xomashyosidan dorivor modda va ularning dori shakllarini ishlab chiqarishning ilmiy-texnologik usullarini ishlab chiqish, shu jumladan mahalliy o‘simlik xomashyosini kompleks qayta ishlash texnologiyalarini yaratish, uning barcha komponentlaridan maksimal darajada foydalanish hamda xavfli erituvchilar va reagentlardan voz kechish;
- O‘simliklarni sanoat miqyosida qayta ishlash chiqindilaridan biologik faol moddalarni ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqish;
- Dorivor preparatlarni standartlashtirish va sertifikatlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;
- Moddalar molekulyar tuzilishini chuqur o‘rganish, ularning o‘zaro ta’siri va tuzilma hosil qilish tamoyillarini aniqlash, kvant-kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini hamda ma’lum molekulyar xususiyatlarga ega polimerlarni olishning mexanokimyoviy usullarini tadqiq etish.
Laboratoriya jihozlari
- ALPHA FT-IR spektrometri, 2022
- Rotatsion bug‘latgich , 2024
- AA-7000 ikki nurlik atom-absorbsiya spektrometri
- Sigma 3-18KS sovitiladigan stol usti sentrifugasi, 2025
- Stuart SMP10/SMP20 erish haroratini aniqlash qurilmasi, 2024
- Majburiy konveksiyali quritish shkafi, 2025
- MDS-15 mikroto‘lqinli parchalanish tizimi, 2025
- Bug‘li sterilizator (avtoklav), 2025
- Raqamli stasionar pH-metr, 2025
- N-300M modelidagi binokulyar mikroskop, 2020
- Mikrosentrifuga, 2020
- Elektron analitik tarozi, 2023
- Spektrofotometr, 2022
- 5 l/soat quvvatga ega distillyator, 2022