Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi
13-Noyabr 2023, 10:52
Universitet yangiliklari
Bugun Tarix fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bilan hamkorlikda “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda fakultet tyutorlari va tarix yo‘nalishi talabalari qatnashdi.
Davra suhbatida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashishda “komplayens-nazorat” tizimining ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berildi. Mavzu doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

