Ilm va ma’rifat – yoshlar qalbidagi mafkuraviy immunitet

9-Sentabr 2025, 09:26
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida 1-bosqich talabalari uchun “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Ravshanova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i A.Kenjayev, Qarshi shahar IIO FMB tezkor xodimi, mayor S.Haqberdiyeva,  Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Kuziyev, shuningdek, Ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev ishtirok etdi. Ma’ruzachilar yoshlarda vatanparvarlik, tarix va dinimizga sadoqatni kuchaytirish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarurligini ta’kidlashdi. Zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, faqat ilm va ma’rifat orqali komil insonni tarbiyalash mumkinligi misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.