Tarix fakultetida 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

9-Sentabr 2025, 09:27
Universitet yangiliklari

Tarix fakultetida yangi o‘quv yilini boshlagan talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashuvini ta’minlash maqsadida muloqot tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov talabalarga ichki tartib-qoidalar, odob-axloq kodeksi va ta’lim jarayonining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, o‘quv, ilmiy va madaniy faoliyatga oid foydali tavsiyalar bilan tanishdilar. Samimiy va mazmunli tarzda o‘tgan muloqot yoshlarda bilim olish, ilmiy izlanish va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirib, iliq taassurot qoldirdi.