Turizm yo‘nalishida hamkorlik rivojlanadi
21-Oktabr 2023, 10:45
Universitet yangiliklari
Samarqanddagi xalqaro sayyohlik markazida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkazilmoqda. Yirik xalqaro tadbirda 130 dan ortiq davlatdan vakillar qatnashyapti. Ular orasida ko‘plab turizm vazirlari, yirik sayyohlik shirkati rahbarlari ham bor.
Ushbu nufuzli tadbirda Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani G‘.Nabiyev, Turizm va marketing kafedrasi mudiri Sh.Muhiddinov, kafedra o‘qituvchilaridan N.Toshev, R.Vayskulov, F.Salomov ishtirok etayotir.
Sessiya doirasida Qarshi davlat universiteti va Qozog‘istonning “Turizm va mehmondo‘stlik” xalqaro universiteti hamda Sport va turizm akademiyasi bilan memorandumlar imzolanishi rejalashtirilgan.
.jpg)
.jpg)