ISHGA TAKLIF !
Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-assistent, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi
Rus tili va adabiyoti (1), Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari (1), Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1), kafedralari professori lavozimiga;
Organik kimyo (1), Zoologiya (2), Falsafa va sotsiologiya (1), Turizm va marketing (2), O‘zbek tilshunosligi (2), Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari (1), Amaliy ingliz tili (1), Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1),
Lingvistika (1), kafedralari dotsenti lavozimiga.
Noorganik kimyo (2), Turizm va marketing (1), Geografiya (1), Agronomiya va ekologiya (1), Ichki kasalliklar (1), Matematik analiz va differensial tenglamalar (1), kafedralari Ilmiy darajali katta o‘qituvchi lavozimiga.
O‘zbek mumtoz adabiyoti (1), Lingvistika (4), Fiziologiya (1), Ichki kasalliklar (1), kafedralari katta o‘qituvchisi lavozimiga.
Rus tili va adabiyoti (1), O‘zbek mumtoz adabiyoti (1), O‘zbek tili va adabiyoti
(1), Falsafa va sotsiologiya (1), Umumiy fizika (1), Nemis tili va adabiyoti (3),
Lingvistika (2), Amaliy matematika (1), Maktabgacha ta’lim (1), Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (1), Algebra va geometriya (1), Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari (1), Psixologiya (2), Agronomiya va ekologiya (1), Sport faoliyati (1), kafedralari o‘qituvchi assistent lavozimiga.
Geografiya (1), Klinik anatomiya (1), Amaliy matematika (1), kafedrasi o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);
5. SCOPUS ва WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Rektor nomiga ariza.
2. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (Ma’lumotnoma)
3. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari.
4. Ilmiy ishlar ro‘yxati
5. Malaka oshirganligi to‘g‘risida guvohnoma.
Hujjatlar gazetada e’lon chop qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.
Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.
Telefon: (75) 221-02-10, 221-02-18. Elektron pochta: kardu@umail.uz