QarDU talabalari — “Kitobxon yoshlar ligasi”da munosib natijalar!
2026-yilgi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 1-mavsum final bosqichida Qarshi davlat universiteti talabalari faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Xususan, QarDU talabasi Dinara Ulashova faxrli 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Shohista Shermamatova 3-o‘rin, Feruza Jumaniyozova esa 4-o‘rin sohibasiga aylandi. Shuningdek, tanlov doirasidagi “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasida ham QarDU vakili — Shahnoza Soibjonova e’tirof etildi.
Ma'lumot uchun, Nizomga ko‘ra, tanlov g‘oliblari diplom, sertifikat va quyidagi tartibda sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
Test bo‘yicha 1-o‘rin – noutbuk (core i5);
Test bo‘yicha 2-o‘rinlar – smart televizor 43";
Testda 3-o‘rinlar va referalda 1-o‘rin – planshet (6/128);
Testda 4-o‘rinlar va referalda 2-o‘rinlar – planshet (4/64);
Testda 5-o‘rinlar va referalda 3-o‘rinlar – Smart televizor 32".
Tanlovda test ishlash jarayonida qatnashib, kamida 60 ball yig‘gan barcha ishtirokchilar elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.