QarDUda talabalar olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

17-Aprel 2026, 09:07
Universitet yangiliklari

Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining universitet saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.

Basketbol 3x3 (erkaklar):
1-o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti
2-o‘rin — Sport fakulteti
3-o‘rin — Tibbiyot fakulteti

Basketbol 3x3 (ayollar):
1-o‘rin — Kimyo-biologiya fakulteti
2-o‘rin — Xorijiy tillar fakulteti
3-o‘rin — Tibbiyot fakulteti

 Futbol natijalari:
— Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 2:0 Iqtisodiyot fakulteti
— Filologiya fakulteti 3:0 Geografiya va agronomiya fakulteti
— Kimyo-biologiya fakulteti 3:0 Fizika fakulteti

Musobaqalar Sport vazirligining “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinmoqda.

Bosqichlar:
1–30-aprel — OTM bosqichi
1–15-may — hududiy bosqich
1–10-iyun — final bosqichi Toshkent shahri Olimpiya shaharchasida

Musobaqalar voleybol, gandbol, basketbol 3x3, stol tennisi, futbol, yengil atletika va suzish (suzish bahslari 2-bosqichdan boshlab) turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda.