Sog‘lom hayot — tetik tafakkur
17-Aprel 2026, 09:08
Universitet yangiliklari
Sog‘lom turmushning muhim omillaridan biri — muntazam harakatdir. Jismoniy mashqlar va chiniqish bilan shug‘ullanish organizm faoliyatini jadallashtirib, kayfiyatni ko‘taradi va ish unumdorligini oshiradi. Bugun erta tongdan Qarshi davlat universiteti talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar kunlik an’anaga muvofiq ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.