Ijtimoiy sohada professional tayyorgarlik takomillashmoqda
Ijtimoiy fanlar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassislari Kamoliddin Abdullayev, Otabek Burxonov, agentlikning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Yakubov ishtirokida ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, talabalarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malakaviy amaliyotlarni tashkil etish va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. Tadbir yakunida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.