Qarshida ommaviy yugurish musobaqasi: g‘oliblar aniqlandi
17-Aprel 2026, 09:12
Universitet yangiliklari
Qarshi shahrida “Talaba yugur” va “Inson uchun” ommaviy yugurish musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda yakunlandi. Tadbir doirasida 3 300 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi. 3 kilometr masofaga mo‘ljallangan bahslarda Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti talabalari ham munosib ishtirok etdi. Xususan, Bashar Suyunov 2-o‘rin, Xudoybergan Jumanazarov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida esa Muxlisa Abdimurodova bronza medalga sazovor bo‘ldi. Ta'kidlash joiz, mazkur musobaqa sportga qiziqishni oshirib, sog‘lom hayotni targ‘ib etmoqda.