Iqtisodiyot fakulteti talabasi volontyorlar o‘quv-seminarida ishtirok etdi

17-Aprel 2026, 09:14
Universitet yangiliklari

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Eko avlod” va “Inson” volontyorlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Marketing yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Abdulaziz Kenjayev ham faol qatnashdi. Seminar davomida volontyorlar ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholiga amaliy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, volontyorlar faoliyatiga yuqori baho berdilar.