UI (Universitas Indonesia) GreenMetric World University Rankings 2025

7-Yanvar 2026

Qarshi davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2025 reytingi natijalariga ko‘ra barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat yo‘nalishida muhim xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Mazkur reyting natijalariga binoan, Qarshi davlat universiteti 2025-yilda dunyoning eng barqaror universitetlari orasida 403-o‘rinni egalladi. Ushbu natija universitetning ekologik boshqaruv, infratuzilma, energiya samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport tizimi hamda ta’lim va ilm-fan orqali barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil faoliyatini tasdiqlaydi.

UI GreenMetric reytingi Indoneziyaning Universitas Indonesia tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, dunyo universitetlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasini baholovchi nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

Mazkur yutuq Qarshi davlat universitetining “yashil universitet” tamoyillariga sodiqligi, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan strategik siyosati va xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlab borayotganining yaqqol dalilidir.

Sahifalar

Xalqaro reyting
THE (Times Higher Education) Impact Rankings 2025
QS (Quacquarelli Symonds) Rankings 2026
UI (Universitas Indonesia) GreenMetric World University Rankings 2025