Ona tili – millatning ruhidir!

21-Oktabr 2023, 10:41
Universitet yangiliklari

Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish - millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori M.Salomova tashabbusi bilan fransuz tili ta’lim yo‘nalishi talaba-qizlari ishtirokida, 10-sonli talabalar turar joyida Filologiya fakulteti tyutori Sh.Usmonov, dotsent M.Usmonova va tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova va talaba-qizlar ishtirokida hamda Pedagogika fakulteti Texnologik  ta’lim  kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzalarda ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzi nafaqat mamlakatda, balki xalqaro miqyosda ham yuksalib, jahonda o‘zbek tilini, bu orqali milliy madaniyat va urf-odatlarni o‘rganishga qiziqish ortib borayotganligini ta’kidlandi. Tadbirlarda talabalar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar o‘qildi.